barcha butlovchilar
/
/
Tel:
Pochta:
Fuqarolik
aviatsiyasi uchun
TAS AVIA kompaniyasi — O‘zbekiston hududida xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlangan birinchi ATI yetkazib beruvchisidir. O‘z vaqtida havo transportlariga texnik xizmat va ta’mirlov ishlarini ko‘rsatish uchun shaxsiy omborxona va quyidagi mahsulotlar zaxirasiga ega: sarflanadigan materiallar, aviatsion moylar, boshqa kimyoviy mahsulotlar va shinalar.
Fuqarolik samolyotlari va vertolyotlari uchun ehtiyot qism, agregat va komponentlarni sotish, almashtirish, ijaraga berish hamda ta’mirlash kabi xizmatlarni ham taqdim etamiz.
YORDAM BERAMIZ!"
"BIZ SAMOLYOTLAR UCHISHIGA

Malakali jamoamiz turli xil aviakompaniyalarda ishlab chiqqan bo‘lib, aviatsiya sohasida 5 yildan 12 yilgacha ish tajribasiga ega. Biz sizning so‘rov va buyurtmalaringizni O‘zbekistonda joylashgan ofisimizdan turib qabul qilamiz. Shuningdek, bizda butun dunyo bo‘ylab (AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Turkiya, Singapur) joylashgan hamkor omborlar tarmog‘i mavjud. Bu bizga zaxiralarimizni kengaytirish va tovarlarni o‘z vaqtida yuborish imkonini beradi. Barcha mahsulotlarimiz FAA va EASA sertifikatlariga muvofiq yetkazib beriladi. Xavfli yuklar IATA qadoqlash talablariga javob beradi. Barcha mahsulotlar ATA300 talablariga muvofiq qadoqlanadi.
Biz FAA/EASA sertifikatiga ega ustaxonalar va MRO’lar bilan hamkorlikda ishlaymiz.


BIZ HAQIMIZDA
Komponentlar
BIZ NIMALARNI TAKLIF QILAMIZ?
1

Mijozlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish, almashtirish va ijaraga berish uchun quyidagi butlovchilar kategoriyasini taklif qilamiz: G‘ildirak va tormozlar, Samolyot uchun shinalar, Avionika, yordamchi elektr o‘rnatgichlar, elektr komponentlari, Dvigatellar, Ichki qismlar, Shassi tayanch qismlari, avariya-qutqaruv jihozlari.

2
Sarflanadigan materiallar
Sarflanadigan materiallar — siz ularni topa olmayotganingizda katta ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mayda detallardir. Biz samolyot va vertolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun faqat ishlab chiqaruvchilardan, yangi holatdagi va FAA yoki EASA sertifikatlariga ega sarflanuvchi materiallarning keng assortimentini taklif qilamiz.
3
Kimyoviy Tovarlar
Biz kimyoviy mahsulotlarning keng assortimentini taklif qilamiz: Germetika, Har xil turdagi yelimlar, Bo‘yoqlar, Bo‘yoq yuvadigan eritmalar va shunga o‘xshash mahsulotlar.
4
Logistika
Aviatsiya sanoatida logistika muhim rol o‘ynashini barchamiz bilamiz. Mijozlarimiz buyurtma qilgan tovarlarini o‘z vaqtida olishlarini ta’minlash uchun biz yirik logistika kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz.
NEGA BIZNI TANLASHADI?
1
2
3
5
4
Biz maksimal tarzda tez javob qaytarish bilan mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, texnik xizmat bo‘yicha rejadan tashqari choralarda ko‘maklashib, kutilmagan vaziyatlarga chap beramiz va bartaraf qilamiz.
Tezlik!
Har hir mijoz individual tanlangan xizmatni olishi uchun moslashuvchanlik bizga dasturlarni turli xil tasniflarga muvofiq sozlashga imkon beradi.

Moslashuvchanlik!
Biz eng yaxshi xizmat sifatini ta’minlash uchun doimo takomillashishga intilamiz — so‘rovlarga tezkorlik bilan javob berishdan tortib, eng yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etishgacha.

Sifatli xizmat!
Tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun jamoamiz 24/7/365 aloqada bo‘ladi va yuqori darajadagi ishonchlilikga erishish uchun mijozlar bilan birgalikda ishlaydi.
Ishonchlilik!
Do‘stona ishlash jamoamiz a’zolari uchun markaziy yo‘nalish bo‘lib, u mijozlar ehtiyojini maksimal darajada qondirish uchun bilimlarni boyitadi va samaradorlikni oshiradi.
Jamoaviy ish!